Kofi Annan vafot etdi

Foto: AP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh Kotibi Kofi Annan 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda BMTning Migratsiya bo‘yicha tashkiloti Twitter’dagi o‘z mikroblogida xabar berdi.
«Bugun biz buyuk inson, yetakchi va vizioner - BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan oramizni tark etganidan chuqur qayg‘udamiz», - deyiladi tashkilot xabarida.
Kofi Annan 1938 yil 8 aprelda Oltin Qirg‘oq (hozirgi Gana) ingliz koloniyasi hududida viloyat gubernatori, Fante qabilasi yetakchisining merosxo‘ri oilasida tug‘ilgan.
Otasi o‘g‘lining kelajagiga katta ta'sir ko‘rsatdi va Kofining Ganadagi Kumasi Ilmiy-texnika universiteti ta'lim olishiga yordam berdi. O‘qishni tugatgan Kofi iqtisod bilan shug‘ullana boshlagan, so‘ng AQShning Minnesota shtati Sent-Pole shahridagi Makalester kollejiga ko‘chib o‘tgan.
Shu yillar mobaynida Kofi ilmiy tadqiqotlar olib borishga va ilmiy darajaga ega bo‘lishga qaror qiladi, shuning uchun u Jyenevadagi (Shveytsariya) Xalqaro muammolarni o‘rganish bo‘yicha oliy instituti aspiranturasiga kiradi.
Oradan 10 yil o‘tgach, Kofi Annan Sloun stipendiyasini oldi hamda Massachusets texnologiyalar institutiga yo‘l oldi. U yerda Annan boshqaruv bo‘yicha magistr darajasini oldi.
Shundan so‘ng, Kofi Annan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga ishga o‘tdi. U Jyenevada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ma'muriy va byudjyet masalalar bilan shug‘ullandi.
Ushbu lavozimidan so‘ng, u Adis-Abebe (Efiopiya)da Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika uchun iqtisodiy komissiyasida, Ismoiliyada (Misr) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Shoshilinch kuchlari tarkibi a'zosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jyenevadagi Qochqinlar ishi Oliy Komissariyatida mehnat qildi. Keyinchalik Nyu-Yorkdagi (AQSh) Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida bosh kotib o‘rinbosari sifatida xizmat qildi.
Kofi Annan 1997-2006 yillarda BMTning yettinchi bosh kotibi bo‘lgan, 2001 yilda Inson huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Kofi Annan 2002 yilda O‘zbekistonga uch kunlik tashrif bilan kelib, mamlakat birinchi prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Mavzuga oid

20:22
BMT Tojikiston tashabbusi bilan 2025 yilni Xalqaro muzliklarni asrash yili deb e’lon qildi

19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order

13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi

11:15 / 12.12.2024