Sport | 16:18 / 01.05.2016
5726
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» Raneri va Mahrezga moliyaviy jihatdan jozibali bo‘lgan yangi shartnomalar taklif qilmoqda

«Lester» rahbariyati bosh murabbiy Klaudio Raneri va jamoa yetakchilaridan biri, jazoirlik yarimhimoyachi Riyoz Mahrez bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Italiyalik mutaxassisga yiliga 3 mln funt maosh tayinlanishi rejalashtirgan. Uning hozirgi maoshi esa yiliga 1,5 mln funtni tashkil qiladi.

Mahrezga esa «Lester» haftasiga 75 ming funt to‘lashga tayyor. Bu orqali esa u jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi Jyeymi Vardi bilan tenglashadi.

The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar yaqin haftalar ichida muzokaralar stoliga o‘tirishadi, «Lester» rahbariyati bu masalani mavsum yakunlanmasdan hal qilishni istamoqda.

Manbaning yozishicha, chto Mahrez«tulkilar» keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun yo‘llanmani hal qilgach, jamoadan ketmaslikka qaror qilgan.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga Angliyaning va Ispaniyaning grand jamoalaridan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar berilgandi. Raneri esa o‘z murabbiylik faoliyatini «Lester»da yakunlashni niyat qilgan.

Mavzuga oid