Jahon | 22:22 / 01.05.2016
30321
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili: mening sa'y-harakatlarimsiz Yatsenyuk hali ham bosh vazir bo‘lardi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining aytishicha, uning jamoasi ishi evazigagina Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan iste'foga ketdi. Bu haqda "112 Ukraina" xabar bermoqda

"Agar men Ukraina miqyosida hech narsa qilmaganimda, Yatsenyuk hali ham bosh vazir bo‘lardi", deb aytdi Saakashvili.

Saakashvilining aytishicha, Yatsenyukni parlament va prezident ma'muriyati ichidagi "til biriktirishlar" emas, balki Saakashvili va uning safdoshlari yaratgan hamda u bilan butun Ukrainani aylanib chiqishgan "Tozalash uchun harakat" olib tashladi.

Saakashvilining ta'kidlashicha, u o‘zining ishidan faqat yarmigagina ko‘ngli to‘lgan, chunki Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov hamon o‘z lavozimida qolmoqda. "Korruptsion aloqalar qoldi, "o‘zaro til biriktirishlar" qoldi", deb aytdi Saakashvili.

Avvalroq Saakashvili uning sobiq partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini va shundan keyin Gruziyaga qaytishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid