Sport | 17:54 / 02.05.2016
6510
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyalik jurnalistlar talqiniga ko‘ra APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Lester» jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berilgan.

«Tulkilar» hujumchisi uchun ingliz jurnalistlarining 36 foizi ovoz bergan, u bu borada Riyoz Mahrez va N'Golo Kanteni ortda qoldirgan.

Vardi APLning joriy mavsumida 34 uchrashuvda maydonga tushdi va 22ta gol urdi. U o‘z gollari bilan jamoaning oltin medallar uchun yurishida katta hissa qo‘shdi.

Jyeymi Vardi — «Lester»ning 1948 yildan buyon (jamoa tashkil topganiga 68 yil bo‘ldi) bunday mukofotga loyiq ko‘rilgan ilk futbolchisidir. O‘tgan yilda bu mukofot «Chelsi» futbolchisi Eden Azarga topshirilgandi.

«Bundan oldin shu mukofotga sazovor bo‘lgan juda ko‘p buyuk futbolchilar qatoriga kirish menga katta faxr tuyg‘ularini beradi. Assotsiatsiyaga va men uchun ovoz berganlarning barchasiga rahmat. 

Shuningdek, mening yutuqlarimda o‘z hissasin qo‘shgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu «Lester» uchun juda ajoyiy mavsum bo‘ldi, muvafaqqiyatlarimiz asosida bir kishining emas, jamoaning barcha a'zolarining mehnati yotibdi.

Murabbiyga, jamoa tizimidagi xodimlarga va barcha muxlislarga rahmat. Biz keyingi ikki hafta davomida ham o‘z ishimizni qilishda davom etamiz.

Umid qilamanki, terma jamoam safida ham Yevropa chempionati vaqtida o‘zimni ko‘rsataman», – degan Vardi.

Mavzuga oid