Sport | 15:31 / 04.05.2016
3628
2 daqiqa o‘qiladi

Guus Hiddink: «Lester» meni mavsum avvalida ishga taklif etgandi, ammo dam olishga qaror qilgandim»

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Guus Hiddinkning tan olishicha, joriy mavsum avvalida «Lester»ga Klaudio Raneri emas u bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin bo‘lgan.

«Ha, bu gap to‘g‘ri. «Lester» mavsum avvalida meni bosh murabbiylikka taklif qilgandi. Lekin men ma'lum vaqt hech qayerda ishlamaslikka va ta'tilga chiqishga qaror qilgandim.

Men «Chelsi» bilan yarim yillik hamkorlik qilishga kelishagnimdan afsuslanmayman, – deydi Hiddink.

Eslatib o‘tamiz, Kladio Raneri «Lester»ga 2015 yilning yozida o‘tgan mavsumda jamoani bazo‘r ligada olib qolgan Nayjyel Pirson o‘rniga tayinlangandi.

Guus Hiddink esa Niderlandiya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionatiga chiqish uchun saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli iste'foga chiqarilgan, 2015 yilning dekabrida «Chelsi»ga Joze Mourinoning o‘rniga vaqtinchalikka tayinlangandi.

Mavzuga oid