Sport | 16:47 / 09.05.2016
3910
1 daqiqa o‘qiladi
Platini rasman UYeFA rahbarligidan iste'fo berdi
Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) Mishel Platinining apellyatsiyasini to‘la qondirmagach, u UYeFA prezidentligidan rasman iste'foga chiqqan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, sud uning futbol faoliyatidan chetlatilishi bo‘yicha jazo muhlatini 6 yildan 4 yilga, qo‘llangan jarima miqdorini 80 ming frankdan 60 ming frankka tushirgani haqida ma'lum qilingandi.
Platini 17 may kuni UYeFA rahbarligini rasman tark etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, u Shveytsariya fuqarolik sudiga murojaat qilib, kurashni davom ettirmoqchi.
Endilikda Platinining futboldagi faoliyati yakunlangani aytilmoqda, chunki u 2019 yilgi FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok eta olmaydi.