Sport | 15:40 / 10.05.2016
5476
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» «MYu» 80 mln yevroga olmoqchi bo‘lgan futbolchini 45 mln yevro evaziga transfer qildi

«Benfika» jamoasi futbolchisi Renatu Sanshesh keyingi mavsumni «MYu»da emas «Bavariya»da davom ettiradi.

Myunxenliklar klubi 18 yoshli xavbek bilan 2021 yilgacha shartnoma tuzgan.

«Bavariya» Renatu Sanshesh bilan oldindan qiziqib kelgan va u uchun raqbotdan ustun kelgan.

Renatu – tezkorligi, texnik mahoratlari va to‘p uchun kurashlarda jangovarligi bilan jamoamizni kuchaytira olishiga ishonch bildiraman», – deya bu transferga munosabatini bildirgan «Bavariya» boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.

«Bavariya» jamoasi saytida ushbu mahoratli futbolchi uchun 35 million yevro to‘langani tasdiqlangan. «Benfika» saytidagi xabarda esa bu miqdor bonuslar hisobiga 45 millionni tashkil etishi aytilgan.

Bundan oldinroq, ushbu iste'dodli futbolchi uchun «MYu» jamoasidan bir necha marta taklif berilgani, inglizlar jamoasi bu transfer uchun bonuslar bilan hisoblaganda jami 80 mln yevro sarflashga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.

«Benfika» 18 yoshli futbolchisini «Manchester Yunayted»ga qariyb 60 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘ldi

«MYu» portugaliyalik 18 yoshli futbolchi uchun 80 mln yevro taklif qildi

Mavzuga oid