Jahon | 19:48 / 10.05.2016
9876
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik Bushning qizi o‘z singlisini shahzoda Harriga unashtirmoqchi bo‘ldi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri kichik Jorj Bushning qizi singlisini shahzoda Harriga “unashtirib qo‘yishga” harakat qildi. Bu haqda People xabar berdi

Bu shahzodaning Amerika televideniyesiga intervyu berish uchun tashrif buyurganda sodir bo‘ldi. Harri Floridada Invictus Games nogiron-harbiylar uchun musobaqalar ochilish marosimi to‘g‘risida so‘zlab berish uchun kelgan edi. 

34 yoshli Jyenn Bush-Hager shahzodani dunyoning eng nufuzli kuyovlaridan biri deb atadi. U shuningdek, Harrining oila qurish to‘g‘risida beriladigan doimiy savollar uning qanchalik kulgisini keltirayotgani haqida qiziqqan.

Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, undan bu haqda ko‘p so‘rashadi. Qirolicha Yelizaveta II tan olishicha, hozir uning qiz-dugonasi yo‘q. 

“Mening yolg‘iz singlim bor”, - dedi Bush-Hager o‘zining egizak singlisini nazarda tutib va “uning ham yigiti yo‘q” deb hazillashdi.

“U meni o‘ldiradi”, - qo‘shimcha qildi Bush-Hager. 

Bunga javoban Harri suhbatni efirdan tashqarida davom ettirish mumkinligini aytdi.

“Yaxshi, men sizga uning telefon raqamini beraman”, degan Bush-Hager.

Mavzuga oid