Jamiyat | 19:06 / 10.05.2016
54296
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar mobil telefonlar erkaklarda reproduktiv organlarni zararlantirishi haqida aytishdi

Noutbukni tizzasiga qo‘yib ishlashni yaxshi ko‘radigan erkaklar elektromagnit nurlarning reproduktiv organlariga zarari bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishganmikan?! Afsuski, hozircha bunday xavotirdan xalos bo‘lishning iloji yo‘q - hech kim bu sohaga doir tadqiqot olib bormagan.

Biroq cho‘ntaklarda olib yuriluvchi uyali telefonlarning erkaklar sog‘lig‘iga yetkazadigan ziyoni to‘g‘risida ma'lumotlar bor. 

Reproduktiv biotibbiyot (Journal of Reproductive BioMedicine) jurnalida yozilishicha, shim cho‘ntagida uyali telefonini olib yuruvchi erkaklarning 47 foizi urug‘lantirishda jiddiy muammolarga duch kelishadi. 

Taqqoslash uchun: mobil telefonini tanasidan uzoqroqda saqlaydigan erkaklarning 11 foizidagina mazkur holat kuzatiladi. 

Professor Marta Dirnfeldning The Telegraph sahifalarida bildirishicha, bunday patalogiyaning sababi gadjyetlarning elektromagnit va issiqlik ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. 

Ba'zi nashrlar erkaklar sog‘lig‘idagi muammolarni ularning katta shaharlarda yashashi bilan bog‘lab, bu nosog‘lom ekologik muhit ta'siri bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Mavzuga oid