Fan-texnika | 10:25 / 18.05.2016
11098
4 daqiqa o‘qiladi

LG OLED televizorlari- eng yaxshi tanlov?

Bugungi kun oilasida Televizor – bu mehmonxona to‘ridan joy olgan, ko‘ngilochish, hordiq chiqarish va hatto bilim olish manbai ham desak xato qilmaymiz. Axborot manbalari orasida aynan televizion dasturlar, filmlar va seriallar yetakchi ahamiyat kasb etishi fikrimiz isboti bo‘la oladi.

Televizor inson kundalik hayotiga shunchalik chuqur kirib kelgan ekan, uning jiddiy talab va me'yorlarga javob berishi maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Shu boisdan ham, televizor tanlashda LG OLED texnologiyasiga e'tibor qaratish, u bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ta'kidlash joizki, OLED texnologiyasi paydo bo‘lganidan beri jiddiy tarzda takomillashtirildi. Uning mohiyati tasvirni aks ettiradigan organik yorug‘lik diodlari imkoniyati bilan izohlanadi. Ular, yorug‘lik elektr impulslarini generatsiya qilishi natijasida ekrandagi tasvirning yorqin va tiniq bo‘lishini ta'minlaydi.

LG kompaniyasi ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo‘lib, OLED texnologiyasidan foydalana boshladi, vaqt o‘tishi bilan uni rivojlantirib, o‘zining WRGB texnologiyasini patentlashga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya, mavjud ranglar pikseli (qizil, ko‘k va yashil)ga yana bitta — oqtusli subpikselni qo‘sha oldi. Bu o‘z navbatida turli rang tuslariga erishish va ekrandagi tasvirning yanada aniq, tiniq, rangga boy va haqiqatga yaqin bo‘lishini ta'minladi.

Takomillashtirilgan OLED texnologiyasi aks ettirilayotgan rang tuslari va tonlarning ulkan hajmini yaratadi. Misol uchun, LG OLED TVsidagi qora rang ham bir necha o‘nlab tusga egaligi bois ekranda qorarangning boy va tiniq aksi namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, OLED negizidagi televizor tejamkor bo‘lib, ishlashda katta elektr sarfi talab etmaydi. LCD modellari borasida esa, bunday deya olmaymiz, albatta.

Uning turli tasvirlarni juda tez aks ettirishi sabab, eng tezkor sport o‘yinlari va kinokartinalar sahnalarini ham kristall-aniqlikda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, OLED displeylari, boshqa texnologiyalar asosida ishlaydigan modellarga qaraganda ancha yupqaligi bilan ham ajralib turadi. Uning qalinligi bir necha millimetr bo‘lib, televizorning estetik tashqi ko‘rinishi va yengilligini ta'minlaydi.

LG OLED televizorlari modellari qatori keng. Uning egilgan va yassi ekranli turlari xaridorlar e'tiboriga havola etiladi. Egilgan ekranli televizor inson ko‘zining shaklini aniq, ammo katta o‘lchamda takrorlaydi. Shu bilan, tasvir tomoshabinga o‘zgarishsiz, to‘liq ranglar me'yorida yetkaziladi. Yorug‘lik signali barcha piksellarga bir xil tarqalishi sabab, displey sifatli tasvirga boyib, keng ko‘rish burchagi hosil bo‘lishi sababli, OLED televizorlarini har qanday burchakdan tomosha qilishingiz mumkin, siz har qanday kichik detalni ham ilg‘ay olasiz.

Zamonaviy LG OLED televizorlari o‘ta aniqlikdagi 4K (3840 x 2160 piksel) o‘lchamli bo‘lib, bu tasvirning o‘ta haqiqatga yaqinligini ta'minlaydi. Tiniq tasvirga hamohang ravishda jahonning audiotizimlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi harman/kardon dinamiklari aks ettiradigan ajoyib tovush kishiga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. 3D-tasvirlarning 4 marta kuchaytirilishi kartinadagi obektlar va jihozlar yoningizda turgandek tasavvur uyg‘otadi. Takomillashgan webOS 2.0. operatsion tizimi turli qiziqarli ilovalarga yo‘l ochadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid