Jahon | 10:42 / 30.06.2016
5807
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh honduraslik 6 nafar politsiyachini giyohvand moddalarni olib kirishda ayblamoqda

Amerika hukumati Honduras politsiyasining 6 nafar xodimini, yirik miqdordagi narkotik moddalarni AQShga olib kirishda ko‘mak berganlikda gumon qilib, sirtdan aybladi. Bu haqda, Nyu-York shtati janubiy okrugi prokuraturasi saytida rasman xabar qilingan.

Shu mazmundagi murojaat, Nyu-Yorkning Manhetten tumani federal okrug sudiga topshirilgan. Honduras fuqarolari "AQShga kokain olib kirishga til biriktirish" va "o‘qotar qurol bilan bog‘liq jinoyat"ni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Janubiy okrug prokurori Prit Bxararaning aytishicha, politsiyachilar 2004 yildan 2014 yilgacha mazkur jinoyatlarni sodir etgan. Narkotik moddalar esa,  Honduras orqali Venesuela va Kolumbiyadan yetkazilgan. Shundan so‘ng, moddalar Gvatemala chegarasiga olib kelingan va AQShga o‘tkazilgan. Hozirda politsiya xodimlari qidiruvga berilgan. 

 

Mavzuga oid