Jahon | 09:52 / 30.06.2016
8258
1 daqiqa o‘qiladi

Voronejda yostiqdagi simob bug‘ining me'yordan o‘n barobar ortiqligi tufayli bolalar bog‘chasi yopib qo‘yildi

Voronejda yotoqxonadagi yostiqlardan birida me'yordan o‘n barobar ortiq simob bug‘i qayd etilgan bolalar bog‘chasining faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi. 

"Favqulodda vaziyat vazirligi va Voronej viloyati "Rospotrebnadzor" boshqarmasi xodimlari bolalar bog‘chasini ko‘zdan kechirib, muassasada simob bug‘larining ikki barobar, kichik qizcha uxlaydigan yostiqda esa - o‘n barobar ortiqligini qayd etishdi. Vaziyatga to‘liq oydinlik kiritilgunga qadar maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi", - deya ma'lum qilishdi viloyat prokuraturasida. 

Ikki yoshli qizning ota-onasi Voronejdagi shifoxonalardan biriga tibbiy yordam so‘rab murojaat etishdi, shundan so‘ng shifoxona xodimlari politsiyaga qizchaning sochlarida topilgan metall rangli pufakchalar haqida xabar berishgan. 

 

Foto:Google image

Mavzuga oid