Korzinka.uz rahbari go‘sht orqali tarqalayotgan kuydirgi kasalligi haqida o‘z fikrini bildirdi
Korzinka.uz tarmoqlari rahbari Zafar Hoshimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebiteli” guruhi orqali bugun hamma yerda bolalagan kuydirgi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqida Rrotoday nashri xabar beradi.
“Hurmatli iste'molchilar, ushbu kasallik haqidagi mish-mishlarni eshitishimiz bilan biz ularni SSV DSENM organlarida tekshirdik. Bunday hodisalar haqida xabarlarning qay yo‘sinda tarqalishini bilmadimu, ammo SES organlari bunday holatlar yuzaga kelganda buni oldini olish maqsadida nazoratni darhol kuchaytirishadi. Hech qanday tang holat va kuchli nazorat o‘rnatilganini ko‘rmadim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga esa mutaxassislar ushbu mish-mishlarni to‘la rad etishdi. Hech qanday xavfli kasallik tarqalishi holati qayd etilmagan.
Ikkinchidan, agar go‘sht veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tkazilgan bo‘lib, sertifikat olgan bo‘lsa unga ishonmaslik uchun hech qanday asosimiz yo‘q. Biz ular har bir go‘sht tekshiruviga qanday sinchkovlik bilan ahamiyat berishlarini bilamiz. Soxta ma'lumotnoma v sertifikatlar bu o‘tmishda qolib ketgan. Hozir bunga jiddiy qaraladi. Faqat sertifikatga ega bo‘lmagan go‘shtlardan qo‘rqsa bo‘ladi.
Endi bizning do‘konlarimizga go‘sht qanday tushishini tasvirlab beraman. 18-20 oylik vazni 250 kilogacha bo‘lgan buqalar faqat biz uchun yetkazib beradigan fermalar tomonidan keltiriladi. Bu mollar so‘yilishi oldidan veterinariya xizmatlari nazoratida bo‘ladi. Zaruriy tekshiruvlardan so‘ng alohida ma'lumotnoma – sertifikat taqdim etiladi. Go‘shtning ko‘rinadigan joyiga maxsus muhr qo‘yiladi. Faqat keyingina ular bizga yetib keladi. Qushxonadan do‘konlarimizga go‘sht sovutgichli maxsus transportda keltiriladi. Marketimizda esa sovutgichlarda saqlanadi. Uni bo‘lish ishlari sovutish kameralarida amalga oshiriladi. Go‘shtni bo‘lish xonalari ham sovutilgan bo‘ladi. So‘ngra bo‘lingan bo‘laklar sovutgichli peshtaxtalarga joylanadi. Bu narsalar go‘shtga bakteriya tushishini oldini oladi.
Shu sababli go‘shtni faqat tekshirilgan va zaruriy texnika bilan ta'minlangan yetkazib beruvchilardan harid qilish lozim”, – deya fikrini yakunlaydi Hoshimov.
Mavzuga oid
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
23:12 / 19.10.2024
Grippga chalingan odam uni qancha vaqt davomida boshqalarga yuqtiradi? Mutaxassislar javob berdi
18:00 / 12.10.2024