Sport | 10:02 / 10.07.2016
16227
2 daqiqa o‘qiladi

"Voqea bunday bo‘lgandi...": ofitsiant futbolchilar Kokorin va Mamayevning kechasida nima bo‘lganini so‘zlab berdi

Rossiya terma jamoasi futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevning Monte-Karlodagi ko‘ngilxushliklari hali ham og‘izlardan tushmayapti. Futbolchilarning mojaroga sabab bo‘lgan kechasi o‘tgan Twiga tungi klubi ofitsianti kechada haqiqatda nima bo‘lgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Tribuna.uz

Eslatib o‘tamiz, internetda tarqalgan, Yevro-2016’da yutqazgan futbolchilarga Rossiya madhiyasi ostida qimmatbaho shampan vinolari olib chiqilishi aks etgan video katta mojaro keltirib chiqargandi. Futbolchilar tungi klub mehmonlarini 250 ming yevrolik shampan vinosi bilan mehmon qilganlari ma'lum qilingandi. 

"Voqea bunday bo‘lgandi... Futbolchilardan ikki stol narida bir rus do‘stlari bilan o‘tirgandi. Aynan u vinolarni buyurtirgan. Albatta, 250 ming yevrolik emas, 50 ming yevrolik", deb voqeani aytib berdi tungi klub ofitsianti NTV muxbiriga.

Monakodagi klub egasi va o‘sha kecha guvohining ta'kidlashicha, futbolchilar o‘sha mash'um vinolarga buyurtma bermaganlar va ularni iste'mol qilmaganlar, vinolar uchun to‘langan pul esa umuman "osmondan" olingan.

Mavzuga oid