Jamiyat | 17:40 / 12.07.2016
12489
2 daqiqa o‘qiladi

Barbi qo‘g‘irchoqlari taniqli insonlar qiyofasida

Sport gimnastikasi bo‘yicha amerikalik Olimpiya chempioni Gabriel Duglas "Mattel" kompaniyasining yangi Barbi qo‘g‘irchoqlarining timsoliga aylandi. Bu haqida The Huffington Post ma'lum qildi

10 iyul, yakshanba kuni Duglas Braziliyadagi Olimpiadada AQSh nomidan ishtirok etishi to‘g‘risida e'lon qilingan. 11 iyul, dushanba kuni esa sportchi o‘zining timsolidagi  Barbi qo‘g‘irchoqlarini taqdim etdi. 

"Qizlar, keling to‘siqlarni yengishda davom etamiz va orzu qilganga yarasha, katta orzu qilamiz", - deb yozib qoldirdi Duglas o‘zining tvitterdagi sahifasida. 

Yangi qo‘g‘irchoq Barbie Shero qatorida namoyish qilingan. Bundan avval Barbi qo‘g‘irchoqlari balet ustasi Misti Kouplend va aktrisa Emmi Rossum kabi taniqli shaxslar timsolida yaratilgan. Rossiyadagi birinchi Barbi qo‘g‘irchog‘i esa supermodel Natalya Vodyanova timsolida taqdim etildi.

Mavzuga oid