Qozog‘iston qo‘rg‘onida favqulodda holat tartibi uzaytirildi
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Yerkindik aholi punktida kuydirgi kasalligi avj olgani sabab joriy qilingan favqulodda holat tartibi 3 kunga uzaytirildi, deb ma'lum qilgan respublika qishloq xo‘jaligi vazirligi veterinar nazorat qo‘mitasi inspeksiyasi rahbari Marat Muxtarov.
Avvalroq, Shet tumani Yerkindik qo‘rg‘onining 9 nafar fuqarosi kuydirgi kasalligini yuqtirganlikda gumon qilinib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, ularning ikki nafari hayotdan ko‘z yumgandi.
Keyinchalik, Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi, Yerkindik qishlog‘ining 8 nafar vakiliga "kuydirgi" tashxisi qo‘yilganini ma'lum qilgandi. Ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishgan, qo‘rg‘onda 15 kunlik karantin joriy qilingan edi.
Endilikda, mazkur cheklovlar qo‘shimcha ehtiyotkorlik yuzasidan uzaytirilgan va aholi punktida o‘tkazilgan dezinfeksiya ishlarining sifatiga oid xulosalardan so‘ng bekor qilinadi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024