Jahon | 12:03 / 16.07.2016
9508
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya bosh shtabi rahbari ozod etildi
Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar ozod etilib, aviabazadan xavfsiz joyga yetkazilgan. U, davlat to‘ntarishi tarafdorlari tomonidan ushlab turilgan edi, deb xabar qilmoqda Daily Sabah nashri.
Bosh shtab rahbari garovda saqlangan aviabaza Turkiya poytaxtidan 35 km masofada joylashgan bo‘lib, askarlar Akarni Bosh shtab binosidagi qarama-qarshilikdan so‘ng, ayni aviabazaga olib ketishgan.
Bundan avvalroq, hukumat kuchlari Turkiya Bosh shtabi ustidan nazoratni qaytarib olgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024