Sony maxfiy smartfonining "ayg‘oqchi" suratlari tarqaldi
Shu yilda taqdim etilishi mo‘ljallangan Xperia F8331 smartfoni niqobi ostidagi Sony'ning yangi flagmani suratlari GSMArena saytida paydo bo‘ldi. "Ayg‘oqchi" rasmlarda ko‘rinib turganidek, yangi smartfonning ko‘rinishi Z-seriya dizaynidan katta farq qiladi: uning yuqori va pastki yuzalari tekis, chetlari esa qayrilgan.
Uning old panelida dinamikalari va NFC-antennalari joylashgan, orqasida esa - kameraning yangi tuzilmasi va ikkilamchi LED-chaqmoqlari. Xperia F8331 smartfonining pastki qismida USB Type-C portini ko‘rish mumkin, yuqori qismida esa - 3,5 millimetrli audiokirish.
Manbaga ko‘ra, yangi qurilmaning ekrani Xperia X Performance'dan biroz kattaroq bo‘ladi. Bundan tashqari flagmanning ikkita - old va orqa kamerasi ham - videoni 4K-sifatda tasvirga olish imkoniga ega bo‘ladi.
Xperia F8331 smartfonining taqdimot muddati noma'lum, lekin u yil oxirigacha chiqishi kerak. Yangi qurilma 2016 yilning sentabrida Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin, zero Sony'ning unda ishtirok etishi oldindan ma'lum.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
22:24 / 10.09.2024