Jahon | 14:33 / 20.07.2016
57233
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: Orol dengizi tiklanmoqda

Foto: Telegraf.com

Ostonada Qozog‘iston milliy geografiya jamiyati QazaqGeoning «Ulitau-Aral» ekspeditsiyasiga yakun yasaldi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, cho‘l ortga chekinmoqda, Orol dengizi asta-sekinlik bilan tiklanmoqda, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz. 

Gidrobiologlar, geoinformatsiya tizimlari mutaxassislari, jurnalistlar, blogerlar, suratchilar va ko‘ngillilardan iborat 30 kishilik guruh ushbu ekspeditsiyani tashkil etib, kunduzlari 40 darajalik jazirma sharoitida 4 000 kmdan ortiq masofani bosib o‘tishgan. 

Ular, ko‘plab inshootlar, hududlarga borib, ekofojianing oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Mashhur Borsakelmas oroli, Boyqo‘ng‘ir shahriga tashrif buyurishgan, qadimgi shahar Kerderi, Shimoliy Orolni o‘rganib, Yangikent qal'a shahri vayronalarini borib ko‘rishgan. Shu bilan birga, ilmiy safarda qatnashgan gidrobiologlar Orol dengizidagi ekologik vaziyat birmuncha yaxshilanayotganini aytishgan. 

Mavzuga oid