Sport | 19:24 / 22.07.2016
22851
2 daqiqa o‘qiladi

Gibraltar futbolchilari «Aeroflot» styuardessasini masxara qilishdi

Internet tarmog‘ida «Aeroflot» kompaniyasi bortida suratga olingan mobil videolavha ommalashib bormoqda. Unda, «Yevropa» futbol jamoasi a'zolari xavfsizlik qoidalarini tushuntirgan  styuardessaga hazil qilib, uni mazax qilishgan. 

Voqea, Gibraltar klubining Yevropa Ligasi saralash bosqichining birinchi turi javob o‘yinini o‘tkazish maqsadida Yerevanga uchayotgan vaqtida bo‘lib o‘tgan. 

Lavhaga ko‘ra, xavfsizlik qoidalari va choralarini namoyish etayotgan styuardessa kutilmaganda futbolchilarning kayfiyatini chog‘ qilgan. Shundan so‘ng, sportchilar uning har bir harakatini olqishlovchi ovozlar bilan kuzatib borishgan, kulishgan va hazil qilishgan. Natijada, o‘zini kulgidan to‘xtatolmagan qiz qoidalarni oxirigacha aytishning uddasidan chiqqan. 

«Pyunik» jamoasiga qarshi o‘yin 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan. «Yevropa» Yerevandagi o‘yinda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, keyingi bosqichga yo‘l olgan.


 

Mavzuga oid