Jahon | 17:13 / 23.07.2016
8554
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda garovdagilarning barchasi ozod etildi

Armaniston poytaxtida garovda saqlanganlarning so‘nggi ikki nafari ham qutqarildi, deb xabar qilmoqda TASS respublika huquq-tartibot idoralaridagi manbaning so‘zlariga asoslangan holda. 

"Yerevanda garovda saqlanayotgan oxirgi 2 kishi, Armaniston politsiyasi rahbari o‘rinbosari general-mayor Vartan Yegiazaryan va Yerevan politsiyasi rahbari o‘rinbosari polkovnik Valeriy Osipyan ham ozod etildi", - degan manba. 

23 iyul kuni ertalab, qurollangan guruh o‘z xohishi bilan 2 nafar politsiyachini qo‘yib yuborib, Yegiazaryan va Osipyanni ham qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan edi. Buning uchun, egallab olingan politsiya idorasi hududida matbuot markazi tashkil etilishi kerak edi.

Mavzuga oid