Turkiya bosh vaziri prezident gvardiyasining tarqatilib yuborilishini ma'lum qildi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim prezident gvardiyasi mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin tarqatib yuborilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Prezident gvardiyasi boshqa bo‘lmaydi, bizda unga zaruriyat yo‘q", deb ma'lum qildi bosh vazir televideniye efirida.
Ta'kidlanishicha, to‘ntaruv sababli gvardiyaning 300 jangchisi hibsga olingandi.
Ayni vaqtda Turkiya davlat apparatidagi ommaviy tozalashlarda turli tuzilmalarda ishlovchi 45 mingga yaqin davlat xizmatchisi o‘z ishidan chetlatildi.
Bosh vazir mamlakat hukumati favqulodda vaziyat tartibini belgilangan 3 oydan keyin uzaytirishni rejalashtirmayotganini, biroq zaruriyat bo‘lsa, bu imkoniyat ko‘rib chiqilishini aytdi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024