Kemeronning iste'fosidan xafa bo‘lgan qizcha sobiq bosh vazirdan javob xati oldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etgan Devid Kemeronga maktub yo‘llagan 7 yoshli Sharlotta Maklellanga javob xati keldi. Bu haqida Daily Mail ma'lum qildi.
Haddersfildda istiqomat qiluvchi qizning xatda iqror bo‘lishicha, u Kemeronning ishdan ketishiga to‘g‘ri kelgani uchun xafa. Bundan tashqari, britaniyalik qiz bosh vazir-Kemeronni sog‘inishini bildirgan.
Maklellanning onasi aytishicha, qizining o‘zi Kemeronga xat yozishga qaror qilgan. Bir necha haftadan so‘ng qiz javob maktubini olgan. Sobiq bosh vazir qizning qo‘llab-quvvatlashidan chuqur minnatdor ekanligini aytgan.
Kemeronning iste'fosi tufayli xafa bo‘lgan Maklellan bosh vazir lavozimiga Tereza Meyning tayinlanganidan mamnun, chunki “u qiz bola”.
Mey Margaret Tetcherdan keyin Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga tayinlangan ikkinchi ayol rahbar hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:10
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024