2015 yilda Qirg‘izistonga keluvchi fuqarolar soni ilk marta ketuvchilardan ko‘p bo‘ldi
2015 yilda Qirg‘izistonda ilk marta mamlakatni tark etayotganlarga nisbatan kelayotgan fuqarolar soni ko‘p bo‘ldi. Bu haqida QR Davlat migratsiya xizmati rahbari o‘rinbosari Almazbek Asanbayev xabar qildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2010-2014 yillar mobaynida mamlakatni tark etuvchilar soni keluvchilardan ko‘p bo‘lgan. Inqilob sodir bo‘lgan 2010 yilda mamlakatdan ketganlar soni keluvchilarga nisbatan 150 mingga ko‘paygan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 212 mingga yetdi.
2013-2014 yillarda ketganlar soni kelganlardan 40-47 mingga ko‘p bo‘lgan va nihoyat, 2015 yilda Qirg‘izistonda ilk marta ketganlardan kelganlar soni 84 mingga ko‘p bo‘lganligi kuzatilgan. Almazbek Asanbayev buni rublning qadrsizlanish jarayoni natijasida Rossiyada ishlash foyda keltirmay qo‘ygani bilan bog‘ladi.
"Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, muhojirlarimiz soni qisqarmagan: besh yil davomida bu ko‘rsatkich 560 ming kishi darajasida o‘zgarmay turibdi", - dedi u.
Mavzuga oid
13:09
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
10:43
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:05 / 24.12.2024