Sport | 09:30 / 15.08.2016
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: Britaniyalik Marrey tennis musobaqasining oltin medalini qo‘lga kiritdi

Foto: delfi.it

Britaniyalik tennischi Endi Marrey ketma-ket ikkinchi marotaba Olimpiya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Tennischi erkaklar o‘rtasidagi yakkukurash bahslarining finalida argentinalik Xuan Martin del Potroni 7:5, 4:6, 6:2, 7:5 hisobida yutdi.

Marrey o‘yin davomida 10 ta eys bajardi, 6 marta to‘pni o‘yinga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ydi va 9 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. 

Marrey shu tariqa London Olimpiadasidagi zafaridan keyin ikkinchi marotaba Olimpiya chempioni unvoni sohibiga aylandi.

Mavzuga oid