Jahon | 11:17 / 18.08.2016
5736
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyaning Eron bilan chegarasida ro‘y bergan portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lib, 71 kishi jarohatlandi
Turkiya sharqidagi Van viloyati hududida ro‘y bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 71 kishi jarohatlangan.
Anadolu agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Turkiyaning Eron bilan chegarasi yaqinida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Hujum nishoni politsiya mahkamasi bo‘lgan.
"71 kishi jarohatlangan, ularning 17 nafari — politsiyachilar. Jarohatlanganlarning yana 3 nafari og‘ir ahvolda", — degan "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ning Van viloyatidagi vakili Zaxir Soganda.
Mahalliy amaldorlar ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.03.2022
Iroq Kurdistoni poytaxtiga raketalar hujumi. Hujum uchun javobgarlikni Eron o‘z zimmasiga oldi
18:46 / 17.07.2019
Kurdistondagi restoranda turkiyalik diplomatni otib ketishdi
21:33 / 18.02.2019
Ilk bor ayol kishi Iroq Kurdistoni parlamentiga spiker etib saylandi
15:52 / 18.08.2018