Sport | 07:42 / 19.08.2016
6806
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya hukumati amerikalik suzuvchilarga ayblov qo‘yishi mumkin

Braziliya hukumati Riodagi Olimpiadada ishtirok etgan ikki amerikalik suzuvchi Rayan Loxte va Jyeyms Feygenga jinoyat haqida yolg‘on ko‘rsatmalar berganlik uchun ayblov qo‘yishi mumkin, deb xabar bermoqda ABC.

Avvalroq Olimpiadada suzuvchilar Loxte, Gunnar Bentts, Jyek Konger va Feygen Olimpiya qishlog‘iga yo‘lda o‘zlarini huquq-tartibot muassasalari xodimlari deb tanishtirgan bir guruh odamlar tomonidan tunab ketilganlari haqida ma'lumot berishgan. Voqeadan keyin atletlar ularni qurol bilan qo‘rqitib tunaganlarini ma'lum qilishgan.   

Bu ko‘rsatmalardan keyin mahalliy politsiya tergov boshlagan va uning yakuniga ko‘ra amerikalik sportchilarning ko‘rsatmalariga yetarlicha isbotlar aniqlamagan.

17 avgustda politsiya xodimlari AQShlik suzuvchilar joylashgan Olimpiya qishlog‘idagi binoga Loxte va Feygenni tintuv qilgani va pasportlarini olgani kelishgan, biroq u yerda hech qaysi bir suzuvchini aniqlashmagan. Natijada sportchilardan biri – Loxte AQShga qaytishga ulgurgan, Bentts va Konger AQShga uchib ketayotgan samolyotdan tushirib qoldirilgan.

Politsiya esa voqea aslida bunday bo‘lganini taxmin qilmoqda. AQShlik sportchilarning o‘zlari bezorilik qilganlar, ya'ni ular avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasida to‘xtab, u yerdagi vannaxonaga eshikni buzib kirib, xonaga shikast yetkazganlar. Voqea joyida qurollangan politsiyachi paydo bo‘lgan, biroq u qo‘liga to‘pponchasini olmagan va suzuvchilarni tinchlantirishga uringan. Oqibatda suzuvchilar AYoQSh menejyeriga yetkazilgan zarar uchun haq to‘lab, voqea joyidan ketishgan va go‘yoki tunab ketilganlari haqida ma'lumot berishgan. 
Riodagi fuqarolik politsiyasi boshlig‘i Fernando Velozaning aytishicha amerikalik suzuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar qamoq jazoni ko‘zda tutmaydi.

Mavzuga oid