Fan-texnika | 01:58 / 19.08.2016
27548
2 daqiqa o‘qiladi

Xaker ota-onasining kompyuteriga virus tushirgan firibgarlardan qasos oldi

Xaker Ivan Kvyatkovskiy ota-onasiga tegishli kompyuterda zararli dasturiy ta'minotni ko‘rib qoladi va bunga javoban firibgarlar kompyuteriga virus joylashga qaror qildi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Kvyatkovskiy so‘zlariga ko‘ra, ota-onasining kompyuteriga o‘rnashib olgan dasturiy ta'minot unga virus tushganini va “mutaxassis”ga murojaat qilish kerakligi aytib, kerakli telefon raqamini ko‘rsatadi.

Xaker Windows XP simulyatoridan foydalangan holda, o‘zini kompterni tushunmaydigan odamdek tutib, firibgarlarga qo‘ng‘iroq qildi. “Mutaxassislar” kompyuterni viruslardan tozalaydigan dasturiy ta'minotni o‘rnatishni maslahat berishadi. Xaker haqiqiy kompyuter o‘rniga simulyator ishlatgani sabab firibgarlarning soxta virusli hujumni tashkil qilayotganini kuzatib turdi.

“Tekshiruv”dan so‘ng firibgarlar antivirus dasturiy ta'minoti uchun bank kartasi ma'lumotlarini so‘ray boshladi. Biroq Kvyatkovskiy dastlab xato ma'lumotlar berdi. So‘ngra kartani suratga tushirib, uni fayl ko‘rinishida yuborishini aytdi. Firibgarlar bunga rozi bo‘lishdi va xaker tomonidan zararlangan faylni ochib, o‘z kompyuterlariga virus tushirishdi.

Mavzuga oid