O‘zbekiston | 17:18 / 19.08.2016
11991
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Oybek ko‘chasining Nukus va Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismida bo‘lajak favvoraning o‘rni paydo bo‘ldi

Toshkentdagi Oybek ko‘chasining 19 avgust kuni tongda yopilgan Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismida maxsus texnikalar yordamida bo‘lajak favvoraning o‘rni tayyorlab bo‘lindi. Daryo.uz xabariga ko‘ra, bu haqda Telegram’dagi avtohavaskorlarning guruhlarida fotoxabarlar qoldirilgan.

Bundan avvalroq, Toshkent shahar hokimligi Toshkent temiryo‘l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, hududda istiqomat qilayotgan ko‘psonli aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismi yopilishini ma'lum qilgan edi.

Vokzal atrofi hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun yangicha yechimdagi obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Mavzuga oid