Sport | 19:08 / 21.08.2016
13694
1 daqiqa o‘qiladi

Erkin kurash. Magomed Ibragimov chorak finalda, Ixtiyor Navro‘zov yarim finalda yutqazdi

Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha 97 kg. vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchi Magomed Ibragimov chorak finalda kuchli raqibga imkoniyatni boy berdi.

Ozarbayjonlik Xetag Gazyumovga qarshi gilamga chiqqan Ibragimov 3:12 hisobida yutqazdi.

Endi u Gazyumovning yarim finaldagi ishtiroki natijasini kutadi. Agar Ozarbayjon vakili finalga yo‘l olsa, u bronza medal uchun kurashni davom ettiradi.

Shuningdek, 65 kg vazndagi bahslarda yarim finalga chiqqan yana bir kurashchi Ixtiyor Navro‘zov final ostonasida Rossiya vakili Soslan Ramonovga yutqazdi - 7:18.

U ham endi bronza uchun kurashadi.

Mavzuga oid