Jahon | 16:37 / 23.08.2016
10567
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton sog‘ligi borasidagi mish-mishlarga javob qaytardi (Video)

AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton ABC telekanalidagi jonli efirda bodring bankasini ochib, sog‘lig‘i yomonligi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘onligini ko‘rsatib berdi.

Klinton boshlovchining salomatligi haqidagi savollarga hazilomuz javob qaytardi.

U raqibi  Donald Tramp va uning tarafdorlarining fikriga qarshi chiqqan. Ular Klintonning sog‘lig‘i bilan muammolari mavjudligini va  agarda saylovda g‘olib chiqsa, bu uning Oq uydagi to‘laqonli ishiga o‘z ta'sirini o‘tkazishini qayd etishgan edi.  

«Mening tomir urishimni tekshirib ko‘ring va binoyidek ekanligimga ishonch hosil qiling!» — dedi u.

Klinton boshlovchi Jimmi Kimmelning taklifini qabul qilgan holda tuzlangan bodring bankasini ochdi va salomatligi joyidaligini namoyish etdi.

Mavzuga oid