Turkiya tanklarining Suriyaga kirishi fond bozoriga salbiy ta'sir ko‘rsatdi
Turkiya armiyasining Suriyaga tanklarini kiritishi Istanbul birjasi ko‘rsatkichlari va lira kursini keskin pasaytirib yubordi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
Turkiyaning Borsa Istanbul 100 indeksi 2,87 foizga tushib ketgan, bu 94ta jahon indekslari orasida eng yomoni bo‘lgan. BIST30 ko‘rsatkichi esa, savdolar chog‘ida 2,93 foizga pasaygan.
Ta'kidlash joizki, savdo kotirovkalarining pasayishi Turkiyada favqulodda holat joriy qilingan 21-iyuldan beri ilk marotaba kuzatilmoqda.
Bloomberg tahlilchilari, ushbu salbiy jarayonni sarmoyadorlarning xavotirlari bilan bog‘lashmoqda. Ularning fikricha, Turkiyaning IShIDga qarshi jangovar amaliyotni boshlashi mamlakat ichkarisidagi xavfsizlikni izdan chiqarishi mumkin.
Turkiya fond bozori ko‘rsatkichlari bilan birga, turk lirasining dollarga nisbatan kursi pasayishiga ham olib kelgan. O‘tgan savdolarda bir dollar 2,93 liraga baholangan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024