Jamiyat | 17:27 / 24.08.2016
14862
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari haj safariga jo‘nab ketdi

Bugun, 24 avgust kuni soat 08:10 va 09:40da o‘zbekistonlik ziyoratchilarning jami 470 kishidan iborat dastlabki guruhlari 2 reysda Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga uchib ketdi. Ziyoratchilarni kuzatish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bergan.

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi qo‘mitaning ma'lum qilishicha, 24 avgust - 4 sentabr kunlari davomida o‘zbekistonlik 5200 nafar ziyoratchi haj ziyoratini amalga oshiradi. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining charter reyslarida Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Namangan-Madina va Urganch-Madina yo‘nalishlarida haj safariga jo‘natish tashkil etiladi. 

Mavzuga oid