AQSh Davlat kotibi va Saudiya Arabistoni qiroli ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik va mintaqadagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi, deb xabar bermoqda SPA agentligi.
Uchrashuv Jiddada bo‘lib o‘tdi, Kerri u yerga 24 avgustda Saudiya Arabistoni hukumati va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgani kelgan.
Ma'lum qilinishicha, Kerri va qirolning uchrashuvi yarim soat davom etgan. Uchrashuv davomida Kerri belida muammolar his qilayotgan qirolning salomatligini surishtirgan.
Ta'kidlanishicha, Kerri keyinroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvud, BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil Uld Al-Shayh va BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh Al Nahayyan bilan Yamandagi vaziyatni muhokama qiladi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024