Fan-texnika | 20:04 / 26.08.2016
8333
1 daqiqa o‘qiladi

Octobot - akkumulyatorsiz harakatlanuvchi birinchi yumshoq robot

Harvard universiteti devorlarida quvvatlash vositasi, elektrodvigatel, batareyka va akkumulyatorlarsiz ishlaydigan birinchi robotni yaratishdi. Octobot nomli yumshoq robot tanasining bir qismi kimyoviy ta'sir natijasida silikonli hujayra ichiga to‘planuvchi bo‘shatilgan gaz yordamida harakatga kirishadi. Robotning tashqi ko‘rinishi sakkizoyoqni yodga soladi. 

Octobot tanasi silikonga plastina zarrachalari qo‘shilishidan 3D printerda yaratilgan. Robot ichida vodorod peroksidi bilan to‘la bo‘lgan markaziy kamera mavjud. Octobot’ning arteriya kanallari orqali o‘tuvchi suyuqlik platina bilan reaksiyaga kirishadi va natijada suv va gazga o‘xshash kislorod hosil bo‘ladi. O‘z navbatida, gaz kameraga havo bosimi yuborib, sakkiz oyoqli robotni harakatlanishga majbur qiladi. Endilikda olimlar mazkur robotga  emaklash va suzishni o‘rgatishni maqsad qilishgan.

Mavzuga oid