Seulda Lotte Group korporatsiyasi rahbari o‘rinbosari jonsiz holda topildi
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridan 50 km masofadagi qishloqlardan birida yapon-koreys konglomerati Lotte Group rahbari o‘rinbosari In-Von Lining jasadi topildi. Bu haqda Yonhap xabar tarqatdi.
Aniqlik kiritilishicha, u bugun xayriya jamg‘armasi faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni yashirish va moliyaviy ayblovlar (500 mln dollar miqdorida) bo‘yicha prokuror oldida javob berishi kerak bo‘lgan.
Politsiya u o‘z o‘limi oldidan qoldirgan maktubni ham topgan. Li o‘lim oldi xatida unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirgan. Marhum tadribkor 69 yoshda edi.
Ayni vaqtda Lotte Group og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yilda kompaniyada xolding asoschilari bo‘lgan xonadon vakillari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kechdi, keyin esa prokuratura moliyaviy hujjatlar va hisobotlar bilan qiziqib qoldi. Yoz fasli avvalida kompaniyaning 17ta ofisi bo‘ylab hujjatlar tekshirilgandi.
Mavzuga oid
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
10:51 / 22.07.2024