Jamiyat | 14:37 / 27.08.2016
18575
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkek aholisi MDH sammiti sabab qurigan archalarni bo‘yab ketishayotgani haqida ma'lum qildi

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bir kechaning o‘zida Ata-Beyit majmuasidagi archa va tuilarning bir tomoni o‘zgarib qoldi, ya'ni ko‘chatlarning old qismi yashil, orti esa sariq rangda. 

Mahalliy ishchining tasdiqlashicha, archalarning rangini “spreyli kishi” o‘zgartirgan. U o‘tgan-ketganlarga “ko‘chatlarga o‘g‘it va vitamin berayotganini aytgan”.

“Spreyli erkak” barchaning ko‘z oldida ballonlar bo‘shaguncha ko‘chatlarga nimadir sepgan, so‘ngra noma'lum yo‘nalishga qarab ketgan. U o‘z ishini tugatib qo‘yish-qo‘ymasligi noma'lum.

Ayrim manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Bishkekdagi ayrim uylarga derazasi bilan qo‘shib rang berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentabr kuni Bishkekda MDH prezidentlari sammiti bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid