Ishga samolyotda borishni orzu qilgan chilangar shaxsiy uchar qurilmasini yaratdi (30 foto)
Belgilangan joyga yo‘llardagi tanglik, burilish va boshqa to‘siqlarni chetlab o‘tib, shaxsiy samolyot yoki uchar qurilmada yetib borish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Chexiyada yashovchi chilangar Frantishek Xadrava ikki yil ichida shaxsiy samolyotini yaratdi. Buning uchun u mustaqil yig‘sa bo‘ladigan Amerikaning bir motorlik samolyoti loyihasini andoza qilib oldi. U o‘z orzusini amalga oshirish uchun taxminan 3 700 yevro sarfladi. Bugungi kunda bu g‘ayratli chilangar ishga yetib olishi uchun 7 daqiqagina vaqt ketadi, avvallari u ishga avtomobilda 12-14 daqiqada borar edi. Frantishekning so‘zlariga ko‘ra, uning parvoziga 4-5 daqiqa vaqt ham yetardi, biroq ba'zi aholi punktlarini aylanib o‘tishi (hudud aholisiga halal bermaslik uchun) tufayli bunga biroz ko‘p vaqt sarflaydi. Boz ustiga, samolyot bir soat parvoz uchun 6 litr yoqilg‘i sarflaydi va soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanadi. Natijada chex nafaqat vaqtda, balki yoqilg‘ida ham tejaydi.
Chilangar orzusining o‘ziga yarasha salbiy tomonlari ham bor. Birinchidan, samolyotdan faqat ochiq havoda foydalanish mumkin. Shu bilan birga uchar transport Xadrava ishlaydigan binoning yonidagi avtomobillar to‘xtash joyida bir emas, to‘rt mashinaning o‘rnini egallaydi. Yana bir diqqatga sazovor jihat - samolyot yig‘iluvchi tuzilmaga ega va uyda u yarim yig‘ilgan holatda saqlanadi. Parvozga otlanishdan avval chex havo kemasini yig‘adi va uni mashina yordamida dalaga olib chiqadi. Shu tariqa u samolyotni yig‘ishga ancha ko‘p vaqtini sarflaydi, lekin bu Frantishek Xadrava uchun umuman muammo tug‘dirmaydi. Axir, eng asosiysi - orzuning amalga oshishi.
45 yoshli chex chilangari anchadan beri samolyotlarga qiziqadi, uning kolleksiyasida Birinchi jahon urushi davridagi Fokker Dr. I nemis samolyotining o‘z qo‘li bilan yig‘ilgan nusxasi mavjud. Endilikda u Fransiyaning Deperdussin uchar qurilmasini nusxasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
15:32 / 09.12.2024