Jamiyat | 16:36 / 30.08.2016
4760
1 daqiqa o‘qiladi

Misr aeroportlarini xususiy xodimlar qo‘riqlaydi

«Falkon» xususiy qo‘riqlash firmasi xodimlari Misr aeroportlarida faoliyat yurita boshlaydi. Ular birinchi bo‘lib Sharm-ash-Shayx aeroportida ish boshlashadi. Keyinroq, Qohira va Hurgada aeroportlarida ham qo‘riqchilik qilishadi. 

«Biz yangi uskunalar xarid qildik, tizimlarning o‘zlari ham yangilandi. O‘ylaymizki, bularning bari samara beradi», — deya qo‘riqlash tashkiloti vakili Ilxomiy az Zayat so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. 

«Falkon» xodimlari yo‘lovchilar va yuklarni tekshirish ishlarini bajarishadi. 

Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi xabar qilganidek, Rossiya talabi bilan Misr aeroportlarida kuzatuv videokameralari va biometrik uskunalar o‘rnatiladi.

Mavzuga oid