To‘y sovg‘asidagi yozuv: Birinchi janjalgacha ochilmasin!
Hayotdan olingan ba'zi hikoyalarni o‘qiganimizda, ularni qandaydir risola deb o‘ylab qolamiz. Quyida o‘qiydigan hikoyangizda gap bir juftlikning oila va muhabbatga bo‘lgan qarashini o‘zgartirgan to‘y sovg‘asi haqida boradi.
"Kechki payt Brendon bilan bo‘lg‘usi to‘y egalariga nima sovg‘a qilishni muhokama qilib o‘tirgandik. Shunda biz o‘zimizning 9 yil avvalgi to‘y sovg‘alarimizni xotirladik. Birdan hali-hanuz ochilmay turgan sovg‘a bizga eng yoqqan hadya bo‘lgani yodimizga tushdi. Bu g‘alati eshitilishi mumkin, lekin bu haqiqatda shunday!"
Eng noodatiy sovg‘a Elison xola sovg‘a qilgan oq konvert edi - uning ustiga "Birinchi janjalgacha ochilmasin!", deb yozilgandi.
Albatta, bu yillar ichida biz janjallashdik, hattoki ajrim haqida o‘ylagan damlarimiz ham bo‘ldi, biroq konvertni ochmagandik. Har birimiz uni ochishdan ongli ravishda qochardik, chunki uni ochsak, bu mag‘lubiyatni tan olganimizni anglatar edi. Shu tariqa munosabatlarimizni sinovdan o‘tkazib yashayverdik.
Ongimizning tub-tubida konvertda oilaviy rishtalarni qutqaruvchi "kalit" borligini sezib turardik, axir Elison xolam o‘z turmush o‘rtog‘i bilan deyarli yarim asr ahil yashadi (bevalikka qadar).
Mana, bugun konvertni ochishga qaror qildik. Uning ichida ikkimizning ismimiz yozilgan 2 kichik konvertcha bor edi.
Konvertchalarni ochganimizda, ichida ikkimizga atalgan pul va xat ko‘rdik.
"Keti, pitssa yoki biror bir o‘zingiz yoqtirgan yegulikni sotib ol. Mehr ila Elison xolang".
"Brendon, gul va vino xarid qil. Mehr ila Elison xolang".
Biz bu konvert turmushimizni saqlab qolsa kerak, deb o‘ylardik - qaysidir ma'noda shunday ham bo‘lib chiqdi. Elison xolaga hayotimizdagi eng yaxshi sovg‘a uchun minnatdor bo‘ldik. Bu sovg‘a 9 yil javonda saqlandi. Shu yillar mobaynida biz sabrli bo‘lish va bir-birimizni tushunishni o‘rgandik, bir oila va jamoa bo‘ldik. Biz muhabbatni saqlab qoluvchi hech qanday qurol yo‘qligini anglab yetdik. Ibratli turmushning kaliti konvertda emas, o‘zimizda ekanligini tushundik.
Mavzuga oid
19:57
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
15:31 / 23.12.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarildi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024