Jahon | 21:30 / 08.09.2016
8188
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi eng yirik operatsiyani o‘tkazmoqda

Foto: © RIA


Turkiya armiyasi va xavfsizlik kuchlari Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiyani o‘tkazmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an . 

"Biz Suriyaning Jarablus shahrida operatsiya boshladik, shuningdek KIPga qarshi tarixdagi eng yirik operatsiyani o‘tkazmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada gubernatorlar bilan uchrashuvda.
 
Turkiyaning janubidagi Hakkari viloyatidagi Chukurjada o‘tgan hafta oxiridan KIPga qarshi artilleriya qo‘llagan holda katta ko‘lamli operatsiya olib borilmoqda. Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi 8 sentabrda operatsiya davomida KIPning 186 a'zosi yo‘q qilinganini ma'lum qildi. Shuningdek, Turkiya tomondan 9 harbiy halok bo‘lgan, 20 dan ko‘prog‘i jarohat olgan. Turkiya xavfsizlik kuchlarining KIP jangarilariga qarshi operatsiyasi davom etmoqda.

 

Mavzuga oid