Jamiyat | 20:01 / 11.09.2016
14342
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqda 90 yoshli Yelizaveta II Range Rover haydayotgani tasvirlangan surat tarqaldi

Internetda Buyuk Britaniyaning 90 yoshli qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyadagi Balmorol yerida Range Rover avtomobilini boshqarayotgani tasvirlangan surat paydo bo‘ldi.

Uning yonida kelini, gersoginya Kembrijskiyni ham ko‘rish mumkin. Sunday Telegraph nashrida yozilishicha, ular bu vaqtda o‘zlarini kutib turgan shahzoda Uilyam oldiga, Lox-Muik ko‘liga yo‘l olishgandi.

Nashrning yozishicha, gersoginya qirolichaning yonida o‘tirgan ko‘yi unga mehribonlik bilan munosabat ko‘rsatayotgandi.

Avtomobil kapotida kumushrang yakkashox, ya'ni Shotlandiya ramzi tushirilgan. Bu yo‘ltanlamas ortidan yana bir Range Rover harakatlangan.

Yelizaveta II Ikkinchi jahon urushi vaqtida front ortida sanitarlar avtomobillari uchun mexanik-haydovchi sifatida tayyorgarlikdan o‘tgan. U hamisha avtomobil boshqarishni xush ko‘rgan. U Buyuk Britaniya hududidagi haydovchilik guvohnomasisiz yo‘llarda avtomobil boshqarishiga ruxsat berilgan yagona kishidir.

Mavzuga oid