Sport | 11:18 / 11.09.2016
9281
1 daqiqa o‘qiladi

US Open. Angelika Kerber AQSh Ochiq chempionatlaridagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Germaniyalik tennischi Angelika Kerber AQSh Ochiq chempionati finalida chexiyalik Karolina Plishkovani mag‘lub etib, turnirdagi ilk chempionligini nishonladi.

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan final bahsida turnirga ikkinchi raketka sifatida tasniflangan Kerber Plishkovani (10-raketka sifatida saralangan) 2 soatu 7 daqiqa davom etgan 3 setlik bahsda 6:3, 4:6, 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi.

Yarim final bahsida Plishkova jahonning birinchi raqamli ayol tennischisi, amerikalik Serena Uilyamsni yenggandi. US Open-2016 yakunlariga ko‘ra Uilyams WTA reytingida birinchi o‘rindan tushib ketdi, yangi yetakchi esa Kerber bo‘ldi.

U yarim finalda daniyalik Karolina Voznyatskini 6:4 va 6:3 hisoblarida yengib, finalga yo‘l olgandi.

Joriy mavsumda 28 yoshli bu tennischi "Katta dubulg‘a" turkumidagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi. U qishda Avstraliya ochiq chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.

Mavzuga oid