Tramp Klinton tuzalib, debatlarda ishtirok etishiga umid bildirmoqda
AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp o‘z raqibi Hillari Klinton tez orada sog‘ayib ketishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Fox News xabar tarqatgan.
"Men u o‘zini o‘nglab olishiga, u bilan debatlarda yuzma-yuz kelishimizga umid qilaman", degan Tramp.
Ayni vaqtda 70 yoshni qarshilagan Tramp shuningdek, biroz vaqt oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, natijalarni 18 sentabr kuni ommaga e'lon qilishi haqida aytib o‘tgan.
Bundan oldinroq, Tramp o‘z yordamchilariga Klintonning kasalligi haqida salbiy fikr bildirmaslik yuzasidan ko‘rsatma bergani haqida xabar qilingandi.
Milliarderning o‘zi va atrofidagilar ushbu vaziyatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga qaror qilgan.
U 11 sentabr teraktlarining 15 yilligi munosabati bilan Twitter’dagi sahifasida saylovoldi chiqishlaridan tiyilgan, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan marosimda ham sukut saqlashni lozim topgan.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024