Jamiyat | 17:05 / 14.09.2016
14756
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 89 yoshli muzqaymoqchi uchun 300 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi

Facebook tarmog‘ida oilasining nochor moliyaviy ahvoli tufayli ishlashga majbur bo‘lgan 89 yoshli muzqaymoqchining suratlari tarqalganidan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari u uchun kraudfanding sayti orqali 300 ming dollardan ortiq pul yig‘ishdi. BuzzFeed bu haqida ma'lum qildi

Sentyabrning boshida Chikagoda istiqomat qiluvchi Joel Servantes Masias o‘zining feysbukdagi sahifasida shahar ko‘chalarida aravada muzqaymoq sotib yurgan qariyaning surati bilan bo‘lishdi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar muzqaymoqchiga hech qanday e'tibor qaratishmagan va bu "uning ko‘nglini vayron qilgan".

"Bu yoshda nafaqaga chiqib, dam olish o‘rniga ter to‘kib ishlayotgan kishiga qaray olmadim. Men undan 20 pachka muzqaymoq xarid qildim, 50 dollar berdim va duo qilib, ketdim".
Joel Servantes Masias

Ushbu surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining diqqatini tortdi. Post chiqqanidan bir kun o‘tib, Masias GoFundMe deb nomlangan kraudfanding kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. U muzqaymoqchining dam olish kunlari mazmunli o‘tishini ta'minlash maqsadida 3 ming dollar yig‘ishni mo‘ljallagan edi. 

G‘oya Masias o‘ylagandan-da muvaffaqiyatli chiqdi va to‘rt kun ichida tarmoq foydalanuvchilari muzqaymoqchi uchun 300 ming dollar yig‘ishdi.

Mavzuga oid