Jamiyat | 19:07 / 15.09.2016
19844
2 daqiqa o‘qiladi

18 yoshli qiz Facebook’ga joylangan bolalikdagi suratlari uchun ota-onasini sudga berdi

Karintiyada (Avstraliya) yashovchi  qiz 7 yil davomida uning “o‘ng‘aysiz va ochiq-oydin” suratlarini Facebook’ga ruxsatsiz joylashtirgan ota-onasini sudga berdi. Bu haqida The Local nashri ma'lum qildi. 

Ismi sharifi oshkor etilmayotgan qizning huquqini himoya qiluvchi  advokatining so‘zlariga ko‘ra, uning ota-onasi ijtimoiy tarmoqda farzandining 500tacha suratini joylashtirgan. Advokatning aytishicha, u bu suratlar qizning shaxsiy hayotiga doir huquqini poymol etganini isbotlasa, qiz noyabrda ko‘rib chiqilishi rejalashtirgan sud ishida g‘olib bo‘lishi mumkin. 

 “Ota-onam meni jiddiy qabul qilmasligidan charchadim. Ular suratlarni joylashga uyalishmagan va bunda chegara bilishmagan – hojatxonada o‘tirganim bormi yoki krovatda yalang‘och yotganimmi – hammasi suratga olinib, jamoatchilik bilan bo‘lishilgan”. 
Da'vogar

Avstraliyalik qizning otasi bu suratlardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkinligini ta'kidlamoqda, zero suratlar muallifi – uning o‘zi. Qiz sud ishida g‘olib bo‘lgan taqdirda, uning ota-onasi farzandiga tovon puli to‘lashga hamda sud xarajatlarini qoplashga majbur bo‘ladi.

 

Mavzuga oid