Jamiyat | 20:04 / 15.09.2016
10208
3 daqiqa o‘qiladi

Uch karra “Oskar” mukofoti sohibi Oliver Stoun 70 yoshni qarshi oldi

Oliver Stoun — Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng janjalkash madaniy arbobi va eng ajabtovur tarjimai hol egasi. Rejissyor Nyu-Yorkda tavallud topgan, Yyel universitetida tahsil olgan, ammo o‘qishni tashlab, Janubiy Vetnamga sayohatga otlangan, so‘ng Amerikaga qaytib, Meksikaga yo‘l olgan hamda yana AQShga qaytgan. U bir yil Vetnamda armiya safida xizmat qilgan. Armiyadan qaytgach, yana o‘qishga kiradi – bu safar Oliver Nyu-York universitetida Martin Skorsezedan saboq oladi. U 1971 yilda Vetnam urushi haqidagi qisqa metrajli filmda rol ijro etadi. 80-yillarning o‘rtalariga qadar Stoun jangari va detektiv filmlar ssenariylarini yozadi. 1986 yilda o‘zining ilk “Salvador” filmini yaratadi, shundan so‘ng mashhur Vetnam trilogiyasi, keyin esa – Janubiy Amerikadagi “chap rejimlar” haqidagi hujjatli filmlar, Fidel Kastro, Ugo Chaves, Evo Moralise va AQShning boshqa ayovsiz tanqidchilari to‘g‘risidagi filmlar yaratiladi. Oliver Stounning prezident Kennedining o‘limi haqidagi “Dallasdagi otishmalar” filmi jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Unda Stoun bu jinoyatning ommaga ma'lum qilingan versiyasini inkor etib, o‘z variantini ilgari suradi: uning filmida Kennedi yirik korporatsiyalar va siyosiy kuchlarning fitnasi natijasida halok bo‘ladi. Dangallik va jasorat Oliver Stounning ijodiga xos. Ana shu xislatlar unga shon-shuhrat, e'tirof va uchta “Oskar” mukofotini olib keldi. 

 “Snouden” filmi premerasida (2016)

 

Torontodagi kinofestivalda (2016)

Venesuela prezidenti Ugo Chaves bilan “Chegaradan janub tomon” filmi namoyishi oldidan (2009)

 “Bush” filmi taqdimotida Roman Polanski bilan (2008)

 “Bush” filmi s'yomkasida (2008)


“Aleksandr” filmi s'yomkasida aktyor Kolin Farrel bilan (2004)


“Egizak minoralar” filmi s'yomkasida aktyor Nikolas Keyj bilan (2006)


LL Cool J xip-xop xonandasi, aktyor Al pachino va Oliver Stoun (1999)


Oliver Stoun va subqo‘mondon Markos (1996)


Los-Anjyelesdagi intervyuda (1990)

“Oskar” mukofoti (1990) topshirilishining 62-marosimida “To‘rtinchi iyulda dunyoga kelgan” filmi (1989) g‘alabasidan keyin 


 “Oltin globus” mukofotini (1979) topshirish marosimida “Tungi ekspress” (1978) filmi g‘alabasidan keyin

Mavzuga oid