Jahon | 10:02 / 16.09.2016
6006
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj WikiLeaks informatori afv etilishi uchun AQSh sudi oldida javob berishga tayyorligini bildirdi

Foto: EPA

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh prezidenti Barak Obama sayt informatori Chelsi Menningni afv etishi evaziga AQSh sudi oldida javob berishga tayyorligini aytdi. Menning hozirda turmada saqlanmoqda. Assanj bu haqda WikiLeaks tvitterida ma'lum qildi

"Agar Obama Menningni afv etsa, Assanj qonunga zidlikka qaramasdan, AQShda turmada o‘tirishga rozi bo‘ladi", deyildi xabarda.

Bundan tashqari, Assanjning advokati Barri Pollakning CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, agar Assanj AQSh hukumati bilan kelishuvga kelsa, hukumat Menningni albatta afv etishi kerak bo‘ladi.

AQSh adliya vazirligida telekanalga Assanj yoki WikiLeaks’dan bu haqda hech qanday taklif bildirilmagani ta'kidlab o‘tildi.

Mavzuga oid