Jamiyat | 15:11 / 17.09.2016
13624
2 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atamboyev qirg‘iz tilidagi ilk "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘ini taqdim qildi

Internet tarmog‘ida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning qirg‘iz tilidagi ilk - "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘i paydo bo‘ldi. 

Ta'kidlash joizki, bu -  rahbarining qirg‘iz tilidagi birinchi qo‘shig‘i. Qo‘shiqqa ishlangan rolik YouTube'da Toptash nomli foydalanuvchi tomonidan havola etildi. "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘ining muallifi va ijrochisi - Atamboyevning o‘zi. Videoqator mamlakat manzaralari aks etgan turli roliklardan olingan. 
 
Bundan avval Qirg‘iziston rahbarining rus tilidagi qo‘shiqlariga ishlangan kliplarini havola qilgan edik - "Taqdirga qasdma-qasd", "Sensiz yashay olmayman" va "Bema'ni so‘zlar". Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqlarni yozishga 47 daqiqagina vaqt sarflangan. 

Bugun Almazbek Atamboyev 60 yoshni qarshiladi. U MDH davlatlari sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi va muzokara o‘tkazadi. Ular bir qator memorial va madaniy-sport obektlariga tashrif buyurishi rejalashtirishgan. 

Almazbek Atamboyev 2017 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin siyosiy faoliyatini davom ettirmasligini bir necha marta ta'kidlagan. 

Mavzuga oid