Chechenistonda futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tishi mumkin
Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Ramzan Qodirovning bayonot berishicha, respublika 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini Kavkazda o‘tkazish imkoniyati uchun kurashish niyatida.
«Mutko bu masalada qat'iy qarashda. Men u bilan boshidayoq gaplashganman. Imkonlar bor, hech bo‘lmasa bitta o‘yinni Kavkazda, xususan Chechenistonda o‘tkazishlari uchun kurashamiz. Buning uchun bizda barcha sharoitlar mavjud», — deya Qodirov so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
JCh-2018 o‘yinlari 2018 yil 14 iyunidan 15 iyuligacha Rossiyaning 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bular: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Sochi va Rostov shaharlaridir.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30